Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining «Konchilik elektr mexanikasi» yo‘nalishi talabalari «Xandiza» kon boshqarmasidagi er osti shaxtasida malakaviy amaliyot o‘tamoqda.
Amaliyot jarayonida talabalar tajribali mutaxassislar rahbarligida transformator punktlari, taqsimlash uskunalari, boshqaruv panellari hamda konning muhandislik kommunikatsiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Shuningdek, ularga er osti konlarida xavfsizlik texnikasi qoidalari, yuqori kuchlanishli obyektlarda xavfsiz ishlash tartibi va maxsus pnevmatik uskunalarning ishlash prinsiplari amalda ko‘rsatilmoqda.
Amaliyot doirasida talabalar va soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari ham o‘tkazilmoqda.
