​Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining «Konchilik elektr mexanikasi» yo‘nalishi talabalari «Xandiza» kon boshqarmasidagi er osti shaxtasida malakaviy amaliyot o‘tamoqda.

​Amaliyot jarayonida talabalar tajribali mutaxassislar rahbarligida transformator punktlari, taqsimlash uskunalari, boshqaruv panellari hamda konning muhandislik kommunikatsiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

​Shuningdek, ularga er osti konlarida xavfsizlik texnikasi qoidalari, yuqori kuchlanishli obyektlarda xavfsiz ishlash tartibi va maxsus pnevmatik uskunalarning ishlash prinsiplari amalda ko‘rsatilmoqda.

​Amaliyot doirasida talabalar va soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari ham o‘tkazilmoqda.