Kasaba Uyushmasi
Kasaba Uyushmasi
Samatov Rustam Maxmudovich
🗓 Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari soat 9:00 dan 12:00 gacha
☎️ Telefon: +998 99 422 94 40
📨 E-mail: rustam.samatov.71@mail.ru
Telegram: +998 99 422 94 40
KASABA UYUSHMASINING MAQSADI VA VAZIFALARI
2.1.Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi:
— o‘z a’zolarining mehnat sohasidagi xuquq va manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish;
-tarmoq kasaba uyushmasi harakatining birligi va birdamligini mustahkamlash;
2.2.Kasaba uyushmasining vazifalari:
— xodimlarga amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlarda belgilangan kafolat va imtiyozlarning so‘zsiz tatbiq etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
— ish beruvchilar hamda ularning birlashmalari bilan birgalikda ijtimoiy sheriklik o‘rnatish, muzokalar yuritish orqali o‘z a’zolariga qonunlarda berilgan imtiyozlardan ko‘ra ko‘proq imtiyozlar yaratilishi bo‘yicha kelishuv va shartnomalar tuzish;
— kasbi, lavozimi, millati, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, har bir kasaba uyushmasi a’zosini mehnat qilish va mehnatga adolatli haq to‘lanishi, kasbni erkin tanlash, munosib mehnat yoki ta’lim olish sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ishsizlikdan himoyalanishga doir huquqlarini himoya qilish;
— mehnatga haq to‘lashning ijtimoiy-adolatli tizimi joriy etilishini nazorat qilish;
— ish joylarida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olinishiga, ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillarini bartaraf etilishi, xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat, qulay maishiy sharoitlar yaratilishini nazorat qilish;
— sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining sabab va oqibatlarini, zarar to‘lovlari hisoblanishi va to‘lanishini o‘rganish, tahlil qilish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish, chora-tadbirlar ishlab chiqishda ko‘maklashish;
— xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirishni tashkil qilish, dam olish, sanatoriy — kurortlarda davolanishning samarali bo‘lishiga, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirishga, ish vaqtida xodimlar gimnastikasi joriy etilishiga ko‘maklashish;
— kasaba uyushmasi a’zolari o‘rtasida turizmni rivojlantirish, ular o‘rtasida millatlararo, konfessiyalararo totuvlik hamda milliy istiqlol g‘oyalarini mustahkamlash, madaniy-ma’naviy, axloqiy-tarixiy, shuningdek umumbashariy qadriyatlarni targ‘ibot-tashviqot qilish;
— tarmoq miqyosidagi o‘rtacha ish haqi miqdorini tahlil qilish, o‘z vakolatlari doirasida ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, ommaviy tarzda ishdan bo‘shatib olinayotgan xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish;
— xodimlarning to‘liq bandligini ta’minlash ishlarini, yashirin ishsizlik va norasmiy bandlik hollarini tahlil qilish, oldini olish yuzasidan tegishli takliflar kiritish, xodimlarning o‘z malakasini oshirib borishiga qo‘maklashish, mehnat bozorida teng raqobatlashish imkoniga ega bo‘lmagan shaxslarning ish o‘rinlariga joylashtirilishi, muassasalardan ommaviy ravishda ishdan ozod etilayotgan xodimlarga moddiy madad choralari qo‘llanilishi ustidan nazorat olib borish;
— bandlikka ko‘maklashish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, yashil ish o‘rinlari yaratilishiga ko‘maklashish;
— gender tengligiga erishish, onalik va bolalikni, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish;
— kam ta’minlangan, ehtiyojmand kasaba uyushma a’zolariga moddiy yordam, hamjihatlik ko‘rsatish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
— mehnatda boshqalarga ibrat ko‘rsatgan, faol kasaba uyushma a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bu borada ish beruvchilar va ularning uyushmalari bilan hamkorlik qilish;
— jamoa shartnomalari va kelishuvlari loyihalarini jamoatchilik ekspertizadan o‘tkazish komissiyalari tashkil etish, ekspertizasidan o‘tkazish.
O‘z maqsad va vazifalariga erishish yo‘lida kasaba uyushmasi davlat va boshqa nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
III. KASABA UYUSHMASINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3.1. Kasaba uyushmasi quyidagi huquqlarga ega:
— kasaba uyushmasi o‘z mablag‘iga, yuridik shaxs sifatida bankda hisob raqamiga, muhr, tamg‘a va blanklariga ega bo‘ladi;
— kasaba uyushmasi a’zolariga nisbatan, shuningdek, tarmoq muassasa va muassasalarida mehnat qilayotgan xodimlarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida tekshirib boradi va nazorat qiladi;
— o‘z a’zolarining mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida da’vo arizalari bilan sudga murojaat qilishga, sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli;
— ommaviy axborot vositalarini ta’sis etishi, belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirishi, ommaviy-axborot vositalari, shuningdek elektron va internet tarmog‘ida o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatishi mumkin;
— Ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi va bu yo‘nalishda o‘z tuzilmalarini tashkil etishi mumkin;
— kasaba uyushmasi o‘z ramziy belgilarini ta’sis etishi mumkin va uni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
— faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan ommaviy va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, seminarlar, tanlovlar, davra suhbatlari, yig‘ilishlar, konferensiyalar, rayosatlar, Majlislar va Qurultoylar, shuningdek qonunda taqiqlanmagan tartibda namoyishlar tashkil qilishi mumkin;
— davlat organlari, xo‘jalik boshqaruv organlariga axborot olish to‘g‘risida so‘rovlar bilan murojaat etish, shuningdek, o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborot tarqatish;
— a’zolar manfaatlarini ko‘zlagan holda ijtimoiy sheriklik masalalari bo‘yicha ish beruvchilar va ularning birlashmalari bilan maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va shartnomalar tuzish to‘g‘risida takliflar kiritish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash hamda muhokama qilishda ishtirok etish, imzolash, ijrosi ta’minlanishi ustidan nazorat o‘rnatish;
— tarmoq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qo‘shma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘tkazish;
— muassasalarda mehnat sharoitlari va xodimlarning mehnat xuquqlari buzilishi aniqlagan hollarda qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ish beruvchilarga taqdimnoma kiritish xuquqlariga ega.
Kasaba uyushmasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
3.2. Kasaba uyushmasining majburiyatlari:
— Qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etish;
— kasaba uyushmasi pul mablag‘lari hamda mol-mulkidan ushbu Ustav talablarini amalga oshirish doirasida maqsadli sarflanishini ta’minlash, o‘z faoliyatida moliyaviy intizomga qat’iy amal qilish;
— o‘z a’zolari oldida faoliyati bo‘yicha hisobdorlik, kasaba uyushmasi a’zolariga o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlash;
— ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi o‘tkazayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish;
— ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat organi hamda soliq va statistika organlariga, o‘zi a’zo bo‘lgan kasaba uyushmalari birlashmalariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish;
— o‘z faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash;
— bitimlar va shartnomalar, dasturlar va loyihalar bo‘yicha majburiyatlarining bajarish;
— faoliyati davomida kasaba uyushma a’zolarining manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olinishini ta’minlash.
Kasaba uyushmaning barcha organlarida ish yuritish kollegial organ tomonidan qaror qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi, xodimlar shaxsiy tarkibiga oid hujjatlar farmoyishlar ko‘rinishida yuritilishi mumkin.
Kasaba uyushmasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘ladi.
