Gender tengligini ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish
Barqaror rivojlanishning 5-maqsadi (SDG 5) gender tengligini ta’minlash, ayollar va qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim, mehnat, boshqaruv va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida teng ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Ushbu maqsad ayollarga nisbatan kamsitish va zo‘ravonlikning barcha shakllariga barham berish, qaror qabul qilish jarayonlarida ayollar ishtirokini kengaytirish va teng imkoniyatlarni ta’minlashni nazarda tutadi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida gender tengligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Universitetda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish maqsadida Gender tengligi bo‘yicha maslahat kengashi faoliyat yuritadi. Mazkur kengash tomonidan xotin-qizlarning ta’lim, ilm-fan, boshqaruv va jamoat hayotidagi ishtirokini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Universitetda jami 680 nafar xodim faoliyat yuritib, ulardan 210 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi. Xotin-qizlarning mehnat faoliyati, kasbiy rivojlanishi va rahbarlik lavozimlariga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Universitetda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun malaka oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda xalqaro hamkorlik dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari yaratilgan. Gender auditi natijalariga ko‘ra, ayol xodimlarning huquqlari to‘liq kafolatlangan bo‘lib, ularni lavozimga tayinlash, rag‘batlantirish va xizmat faoliyatida teng imkoniyatlar yaratilgan.
2025-yil davomida universitetning ayol professor-o‘qituvchilari va talaba-qizlari xalqaro konferensiyalar, malaka oshirish kurslari va akademik almashinuv dasturlarida faol ishtirok etdilar. Universitet tomonidan xotin-qizlarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlar amalga oshirilmoqda.
Universitetda gender tengligini targ‘ib qilish maqsadida seminarlar, davra suhbatlari, treninglar, sport musobaqalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etiladi. Gender tengligi, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ayollar liderligini rivojlantirish mavzularida ko‘plab tadbirlar o‘tkazilgan. Gender auditi doirasida 58 ta seminar va uchrashuvlar, 52 ta targ‘ibot materiallari hamda 56 ta ijtimoiy tarmoq targ‘ibotlari amalga oshirilgan.
Talaba-qizlarning ta’lim olishlari va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Lider qizlar”, “Qizlarjon” klublari, mentorlik dasturlari va turli tanlovlar faoliyat yuritadi. Talaba-qizlarning ilmiy loyihalar, innovatsion ishlanmalar va ijtimoiy tashabbuslarda faol qatnashishi qo‘llab-quvvatlanadi.
Universitetda gender tengligi tamoyillariga rioya etilishi muntazam monitoring qilinadi. O‘tkazilgan gender auditi natijalariga ko‘ra, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning gender tengligi bo‘yicha xabardorlik darajasi yuqori ekanligi, mehnat sharoitlari va rag‘batlantirish tizimida erkaklar va ayollar o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud emasligi aniqlangan. Universitetda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda xodimlar va talabalar uchun xavfsiz ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tegishli mexanizmlar joriy etilgan.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti xotin-qizlarning ta’lim olishi, ilmiy faoliyat yuritishi, kasbiy rivojlanishi va boshqaruv jarayonlarida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5-maqsadi – **“Gender tengligi”**ni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Powered By EmbedPress
Talaba-qizlarning huquqiy himoyasini ta’minlash yo‘lida yangi hamkorlik
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda «Taskin-404» nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi talaba-qizlar uchun xavfsiz ta’lim muhitini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Shvetsiya granti asosida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularga bepul yuridik maslahatlar berish va gender tenglik tamoyillarini keng targ‘ib qilish ko‘zda tutilgan.
Mazkur tashabbus nafaqat qizlarning huquqiy himoyasini ta’minlashga, balki ta’lim jarayonida har qanday tazyiq va kamsitishlardan xoli muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirib, ularning o‘z salohiyatlarini to‘laqonli namoyon etishlari uchun mustahkam zamin yaratadi.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga bag‘ishlangan seminarda TDMAU rektori, professor
Rasul To‘rayev shunday dedi:
Ayol va erkak – teng huquqli sheriklardir. Ular birgalikda uyni ham, mamlakatni ham qurishadi. Agar uyning bir devori past, bir devori baland bo‘lsa, bu uy mustahkam tura olmaydi. Jamiyat ham shunday: barqarorlik va rivojlanish uchun tenglik zarur.
Tenglik – qonunlarda yozilgan shior emas, balki kundalik hayotimizda amal qiladigan madaniyatdir. Bu madaniyatni rivojlantirishga har birimiz mas’ulmiz
