SDG 15 – Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida o‘rmonlardan barqaror foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish va yer resurslarini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanishning 15-maqsadi (SDG 15 – Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash) quruqlik va chuchuk suv ekotizimlarini muhofaza qilish va tiklash, o‘rmonlardan barqaror foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yer degradatsiyasining oldini olish, tuproq unumdorligini tiklash hamda biologik xilma-xillikni saqlashni nazarda tutadi. Mazkur maqsad tabiiy resurslarni asrash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish va kelajak avlodlar uchun sog‘lom ekologik muhitni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti SDG 15 maqsadlarini amalga oshirishni o‘zining strategik rivojlanish siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Universitet ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar, amaliy maslahat xizmatlari va ekologik tashabbuslar orqali quruqlik ekotizimlarini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish hamda biologik xilma-xillikni asrashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Universitetda O‘rmonchilik, O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish, Agronomiya, Agrokimyo va tuproqshunoslik, Tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi, O‘simliklar himoyasi va karantini, Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, Zooinjeneriya, Veterinariya meditsinasi, Veterinariya farmatsevtikasi hamda Hayot faoliyati xavfsizligi yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Ushbu ta’lim yo‘nalishlari orqali talabalar yer va o‘rmon resurslarini muhofaza qilish, tuproq unumdorligini saqlash, biologik xilma-xillikni asrash, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda barqaror qishloq xo‘jaligi tamoyillarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Universitet professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari tomonidan tuproq unumdorligini oshirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, cho‘llanish jarayonlarini kamaytirish, o‘rmon va ihota daraxtzorlarini kengaytirish, dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, biologik xilma-xillikni saqlash hamda qishloq xo‘jaligida barqaror agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Shuningdek, universitet olimlari Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklari bilan yaqindan hamkorlik qilib, yerlarning agrokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish, tuproq unumdorligini oshirish, yer degradatsiyasining oldini olish, cho‘llanish xavfini kamaytirish, ekinlarni ilmiy asosda joylashtirish, o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqmoqda. Mazkur tavsiyalar qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, tabiiy ekotizimlarni saqlash va yer resurslarini tiklashga xizmat qilmoqda.
Universitetda «Yashil kampus» konsepsiyasi asosida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari muntazam amalga oshirilmoqda. Xususan, 2025-yilda universitet hududi va unga tutash maydonlarda 5 836 tup daraxt va manzarali ko‘chat ekildi. Ushbu tashabbusni davom ettirish maqsadida 2026-yilda qo‘shimcha 10 000 tup daraxt va manzarali ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Daraxt ekish ishlari yashil hududlarni kengaytirish, tuproq eroziyasining oldini olish, cho‘llanishga qarshi kurashish, karbonat angidridni yutish, biologik xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash hamda quruqlik ekotizimlarining barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Universitet hududida suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etilgan. Mazkur tizimlar yashil hududlarni minimal suv sarfi bilan sug‘orish, ko‘chatlarning yashovchanligini oshirish va tuproq namligini me’yorida saqlash imkonini bermoqda. Suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanish yer degradatsiyasining oldini olish va quruqlik ekotizimlarining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida daraxt ekish aksiyalari, ekologik seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, biologik xilma-xillikni muhofaza qilishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari hamda ekologik volontyorlik loyihalari muntazam tashkil etiladi. Ushbu tashabbuslar yosh avlodda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va quruqlik ekotizimlarini asrash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida amalga oshirilayotgan ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, fermerlar bilan ilmiy-amaliy hamkorlik, o‘rmonchilik va agronomiya sohasidagi innovatsion ishlanmalar, tuproq unumdorligini oshirish, cho‘llanishga qarshi kurashish, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik boshqaruvga qaratilgan tashabbuslar **BMTning Barqaror rivojlanishning 15-maqsadi – Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash (SDG 15)**ni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda va mintaqada ekologik barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Hashar – xalqimizning azaliy an’analaridan biri bo‘lib, atrof-muhitning ozodaligini ta’minlash hamda gullab yashnashida insonlarni ezgulik yo‘lida birlashtirishga xizmat qiladi.

Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan joriy yilning 16-18-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq hashari Termiz muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlari hamda institut Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti faol a’zolari tomonidan institut hovlisi, ochiq maydonlar, ariq va ko‘chalarini tozalash, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq hashari doirasida viloyatimizdagi barcha taʼlim muassasalari xodimlari oʼz hududlaridagi obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qoʼshishmoqd

📸 Hasharning har bir lahzasida – mehnat, birlik va go‘zallik!

🏫 Universitetimizda umumxalq hashari doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bugun bilim dargohimizda nafaqat tozalik, balki fidoyilik va yurtga mehr tuyg‘usi hukm surmoqda.

🌿 O‘qituvchilar va xodimlar hududni tozalash, daraxt va bardyurlarni oqlash, yashil maydonlarni tartibga keltirish kabi ezgu ishlarni birgalikda amalga oshirishmoqda.

📷 Yuqoridagi suratlarda hashar jarayonining eng samimiy va ilhomlantiruvchi onlari aks etgan.

🤝 Hashar — bu faqat tozalik emas, bu — birdamlik va mas’uliyatdir!

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti 1-bosqich tayanch doktorantlarining dala-tajribalari aprobatsiyadan o’tkazildi.

Aprobatsiya komissiyasi a’zolari dala-tadqiqotlarini ko‘zdan kechirib tayanch doktorantlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tahlil qilish, tajriba davomida olinadigan ma’lumotlarni kelgusida dissertatsiyalarida foydalanishi yuzasidan o‘zlarining kerakli bo‘lgan tavsiyalarini berib ijobiy baholadilar.

Fermerlar va yoshlarga ajratilgan yer maydonlarining agroekologik holati o‘rganildi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda soha mutaxassislari tomonidan Surxondaryo viloyatining qator tumanlarida fermerlar va yoshlarga ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining agroekologik holati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida Angor, Bandixon, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Oltinsoy, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlaridagi yer maydonlarining tuproq unumdorligi, meliorativ holati, suv ta’minoti, ekologik holati hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.
Dala kuzatuvlari va tahlillar asosida yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish va suv resurslarini tejashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Xususan, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, suv tejovchi usullardan foydalanish, tuproqni organik va mineral o‘g‘itlar bilan boyitish, almashlab ekish tizimini qo‘llash hamda yer degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, qurg‘oqchil hududlarda suvga talabchanligi past bo‘lgan ekinlar va mevali daraxtlarni ekish, foydalanilmayotgan yer maydonlarini qayta o‘zlashtirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari ham o‘rganildi.
Mutaxassislar tomonidan har bir hududning tabiiy-iqlim sharoiti va mavjud resurslaridan kelib chiqib fermerlar va yoshlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tavsiyalar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
Universitet olimlari tomonidan olib borilgan ushbu ilmiy-amaliy o‘rganishlar fermerlar va yoshlarning yer maydonlaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish, qishloq hududlarida barqaror rivojlanishni ta’minlash hamda ekologik muammolarning oldini olishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi

🌱 OBODONLASHTIRISH VA YASHILLASHTIRISH BO‘YICHA VOLONTYORLIK PLOGGING TADBIRI O‘TKAZILDI

Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti tashabbusi bilan universitetga tutash hududlarda joylashgan bog‘cha, maktab hamda shifoxona atroflarini obodonlashtirish va yashillashtirishga qaratilgan birgalikdagi volontyorlik plogging tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan hududlar sanitariya jihatidan tartibga keltirilib, chiqindilar yig‘ishtirildi, atrof-muhit tozaligi ta’minlandi hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirildi.

Mazkur tashabbus ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytirish hamda jamoatchilik orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan barcha volontyorlarga minnatdorlik bildiramiz va barchani yurtimizning yanada obod, toza va yashil bo‘lishiga munosib hissa qo‘shishga chorlaymiz.

Talabalar chorva fermer xo‘jaligida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti 2-bosqich talabalari “Hayvonlar fiziologiyasi” hamda “Veterinariyada kasb etikasi” fanlaridan navbatdagi amaliy mashg‘ulotni Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Janub Surxon chorvadori” fermer xo‘jaligida o‘tkazdilar.

Mashg‘ulot jarayonida talabalar chorva mollarini klinik va sistemali tekshirish usullari, bo‘g‘ozlikni ultra zond yordamida aniqlash, hazm organlarida uchraydigan begona jismlarni maxsus metal zondlar orqali chiqarib olish, buzoqlarda shoxsizlantirish kabi veterinariya amaliyotlarida bevosita ishtirok etib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, chorva mollarini saqlash va oziqlantirish sharoitlari, oziqa zahiralarini to‘g‘ri tashkil etish, ratsion tuzish masalalari bo‘yicha ham amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.