OTM talabalari va abituriyentlar diqqatiga!

2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini topshirish hamda talabalar safiga qabul qilinish muddatlari uzaytirildi.

Respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichlariga:

  • O‘qishga kirish istagini bildirgan abituriyentlar;

  • O‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun to‘lov muddatlari uzaytirildi.

Belgilangan so‘nggi muddat: 2026-yil 15-oktabr (shu kuni ham).

To‘lov shartlari:

  • Bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha — bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi;

  • Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt bo‘yicha — bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida to‘lov amalga oshirilishi lozim.

Ko‘rsatilgan muddatgacha to‘lovlarni amalga oshirgan abituriyent va talabalarning safiga qabul qilinishi rasmiylashtiriladi.

Imkoniyatni boy bermang va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiring!