Sog‘liq va farovonlik
SDG 3 – Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Universitet Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi 3-maqsad – “Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish” tamoyillarini o‘z faoliyatiga integratsiya qilgan.
Universitetda talaba-yoshlar va xodimlar uchun zamonaviy sport infratuzilmasi yaratilgan bo‘lib, ular muntazam ravishda sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarida ishtirok etib kelmoqda. Kampus hududida futbol maydoni, basketbol va voleybol maydonchalari, yopiq sport zallari, trenajyor zallari hamda ochiq havodagi sport maydonlari faoliyat yuritadi. Ushbu infratuzilmalar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Universitet tomonidan yil davomida “Talaba yugur”, “Sog‘lom hayot sari”, “Sport – salomatlik garovi”, “Velomarafon”, “Sog‘lom tana – sog‘lom aql” kabi ommaviy sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etiladi. Mazkur tadbirlarda minglab talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar faol qatnashib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga hissa qo‘shmoqda.
Talabalar salomatligini mustahkamlash maqsadida universitetda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Tibbiyot punktlari orqali birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktik ko‘riklar o‘tkazish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib boriladi. Shuningdek, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish hamda ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muntazam seminar va treninglar tashkil etiladi.
Universitetda ekologik toza va xavfsiz muhit yaratishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Kampus hududida yashil maydonlar soni muntazam oshirib borilmoqda, piyodalar yo‘laklari va dam olish maskanlari barpo etilgan. Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar talaba va xodimlarning salomatligini saqlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, universitet talabalari va xodimlari o‘rtasida zararli odatlarning oldini olish, tamaki va alkogol mahsulotlari iste’molini kamaytirish, giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda tashkil etiladi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan axborot materiallari, seminarlar va uchrashuvlar orqali yoshlar orasida salomatlik madaniyati shakllantirilmoqda.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti sog‘lom va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish, jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash hamda barcha yoshdagi insonlarning farovonligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini izchil davom ettirmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar universitetning Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan SDG 3 ko‘rsatkichlariga erishishdagi muhim hissasi hisoblanadi.
TDMAUda “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi
Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab talabalar sportidagi eng yirik loyiha — “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” rasman boshlandi. Mazkur nufuzli sport bayrami Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ham ko‘tarinki ruhda start oldi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida universitet rektori Rasul To‘rayev so‘zga chiqib, yoshlarni sport bayrami bilan qutladi va musobaqalarga rasman start berdi. Ilk kunning o‘zida talabalar futbol, voleybol, basketbol va yengil atletika turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ga ishtirok etish uchun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining jami 2 434 nafar talabasi rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Musobaqalar ishtirokchilari futbol, voleybol, gandbol, basketbol (3×3), stol tennisi, yengil atletika va suzish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.
Mazkur musobaqalar uch bosqichda tashkil etiladi. Jumladan, 6–20 aprel kunlari universitet miqyosida birinchi bosqich bahslari o‘tkazilsa, 1–15 may kunlari g‘oliblar hududiy bosqichda o‘zaro kuch sinashadilar. Musobaqaning hal qiluvchi final bosqichi esa 1–10 iyun kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadi.
TDMAU talabalari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi
TDMAU talabalari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari tashkil etilmoqda.
Musobaqa davomida talaba-yoshlar tasdiqlangan davlat standartlarining 18-29 yosh toifasi mezonlari asosida o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda. Ishtirokchilar 60 metrga pastki startdan yugurish, turnikda tortilish, bruslarda mashq bajarish va turgan joydan uzunlikka sakrash kabi asosiy hamda ixtiyoriy normativlar bo‘yicha kuch sinashmoqda.
Yukuniy natiqalarga ko‘ra, belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajarib, eng yuqori ball to‘plagan talabalar I, II va III darajali ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanish uchun tavsiya etiladi.
Jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi
Jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi
2026-yil 5–20-may kunlari davomida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlarining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda.
Mazkur jarayonni samarali tashkil etish maqsadida universitetimizda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Fakultetlar kesimida sinovlarni o‘tkazish grafik-jadvali ishlab chiqilib, tasdiqlandi;
Sport maydonlari talab darajasida jihozlanib, barcha zarur inventarlar shay holatga keltirildi;
Tasdiqlangan jadval asosida ishtirokchilar xabardor qilinib, belgilangan vaqtda sport kiyimida bo‘lishlari ta’minlandi;
Talabalarni my.sport.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari 2026-yil 8-mayga qadar davom etmoqda.
📢 Barcha talaba-yoshlarni ushbu sinovlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Sog‘lom turmush – bugunning talabi!
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida haftaning “Chorshanba” kuni – sport kuni etib belgilandi. Ushbu tashabbus doirasida universitetda tong sahardan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi sport tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
🕖 07:00 – 07:20 — Badantarbiya mashqlari orqali kunni tetik boshlash
🚶♂️ 07:20 – 07:40 — Yurish va umumiy chiniqish mashqlari
Shundan so‘ng talabalar va xodimlar ishtirokida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi:
⚽️ Futbol
🏐 Voleybol
🏀 Basketbol
Musobaqalar davomida jamoaviylik, sog‘lom raqobat va ko‘tarinki kayfiyat ustuvor bo‘ldi. Talabalar nafaqat jismoniy chiniqish, balki ijobiy energiya va motivatsiya oldilar. Bunday tashabbuslar yoshlarimizni sog‘lom, faol va maqsad sari intiluvchan etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Talaba – yugur” sport musobaqasi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi hamda Talabalar sporti assotsiatsiyasi tashabbusi bilan “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasining bahorgi mavsumi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur sport tadbirida viloyat bo‘ylab jami 2 079 nafar talaba 3 kilometr masofaga yugurish bahslarida ishtirok etdi. Quvonarlisi, ularning 600 nafari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining faol va tashabbuskor talabalari edi.
“Talaba – yugur” musobaqasi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ommaviy yugurish tadbirlari talabalar o‘rtasida birdamlik, iroda va intilishni mustahkamlab, ularni yangi marralar sari ruhlantiradi.
🏃♂️ Sport — bu nafaqat jismoniy chiniqish, balki kuchli iroda, qat’iyat va sog‘lom fikr asosidir. Sog‘lom tana — sog‘lom tafakkur garovidir.
