Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida shaffof boshqaruv, akademik halollik va institutsional samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanishning 16-maqsadi (SDG 16 – Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv) tinch va inklyuziv jamiyatni rivojlantirish, adolatni ta’minlash, samarali, hisobdor va shaffof institutlarni shakllantirish hamda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashishni nazarda tutadi. Oliy ta’lim muassasalarida ushbu maqsad ochiq boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, akademik halollikni mustahkamlash, talabalar va xodimlarning huquqlarini himoya qilish, raqamli boshqaruv tizimlarini rivojlantirish hamda manfaatdor tomonlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o‘z faoliyatida shaffoflik, qonuniylik, akademik halollik va jamoatchilik oldidagi hisobdorlik tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Universitet boshqaruvi zamonaviy raqamli texnologiyalar, ichki nazorat mexanizmlari va ochiq muloqot tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, barcha boshqaruv jarayonlarida adolat va xolislikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Universitetda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish maqsadida Kompleks nazorat bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi, Ichki audit bo‘limi, Ichki nazorat tizimi hamda Talabalar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi faoliyat yuritmoqda. Mazkur tuzilmalar universitet faoliyatining shaffofligini ta’minlash, ichki nazoratni kuchaytirish, moliyaviy va ma’muriy jarayonlarning qonuniyligini ta’minlash, korrupsion xavflarning oldini olish hamda boshqaruv samaradorligini doimiy ravishda takomillashtirishga xizmat qiladi.
Talabalar va xodimlarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish maqsadida universitetda HEMIS axborot tizimi orqali ishlovchi zamonaviy elektron murojaatlar tizimi joriy etilgan. Talabalar o‘z murojaatlari, takliflari va muammolarini elektron shaklda yuborishlari mumkin bo‘lib, mazkur murojaatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitet rektoriga yetkaziladi. Murojaatlar mas’ul bo‘linmalar tomonidan belgilangan tartibda tezkor ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘riladi hamda ijrosi muntazam nazorat qilinadi. Ushbu tizim universitetda ochiq boshqaruv, hisobdorlik va talabalar manfaatlarini himoya qilish tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Universitetda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun majburiy bo‘lgan Odob-axloq kodeksi tasdiqlangan. Mazkur kodeks akademik halollik, kasbiy etika, o‘zaro hurmat, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, ta’lim va ilmiy faoliyatda xolislik hamda qonunchilik talablariga rioya etish tamoyillarini belgilaydi. Kodeks universitetda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ilmiy va o‘quv faoliyatida akademik halollikni ta’minlash maqsadida universitetning Axborot texnologiyalari markazi tomonidan zamonaviy anti-plagiat dasturi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Dastur bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, ilmiy maqolalar va boshqa ilmiy ishlarda matnlarning o‘xshashlik darajasini aniqlash orqali plagiatning oldini olishga xizmat qiladi. Mazkur dastur o‘zining funksional imkoniyatlari va samaradorligi bilan xorijiy mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan bo‘lib, universitetda ilmiy tadqiqotlarning sifati va akademik halollik tamoyillarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Universitetda xodimlar va talabalarning ijtimoiy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida Kasaba uyushmasi faoliyat yuritadi. Kasaba uyushmasi mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom mehnat muhitini yaratish hamda xodimlar va talabalar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
Talabalarning universitet boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ittifoqining universitetdagi tuzilmasi belgilangan tartibda tashkil etilgan. Yoshlar ittifoqi talabalarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, liderlik salohiyatini rivojlantirish, volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning taklif va tashabbuslarini universitet boshqaruviga yetkazishda muhim o‘rin tutadi.
Universitetda barcha ichki tanlovlar, grantlar, rag‘batlantirish dasturlari va boshqa saralash jarayonlari universitet Axborot texnologiyalari markazi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron baholash platformasi orqali amalga oshiriladi. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar belgilangan mezonlar asosida elektron tarzda baholanadi va natijalar platforma orqali e’lon qilinadi. Ushbu tizim inson omilini kamaytirish, baholashning xolisligi va shaffofligini ta’minlash hamda barcha ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.
Universitetda korrupsiyaning oldini olish, akademik halollikni mustahkamlash, shaffof boshqaruvni rivojlantirish va jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan seminarlar, davra suhbatlari, targ‘ibot tadbirlari va profilaktik uchrashuvlar muntazam tashkil etiladi. Mazkur tadbirlar professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarda qonunchilikka hurmat, kasbiy etika va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida amalga oshirilayotgan ochiq va hisobdor boshqaruv, raqamli boshqaruv tizimlari, akademik halollikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, talabalar murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, xodimlar va talabalar manfaatlarini himoya qilish hamda shaffof tanlov mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan mazkur tashabbuslar universitetda samarali boshqaruv tizimini mustahkamlash bilan birga, **BMTning Barqaror rivojlanishning 16-maqsadi – Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv (SDG 16)**ni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
🚫 Korrupsiya – kelajagimiz kushandasi!
📍 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🎓 Tadbir davomida oliy ta’lim tizimida korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish choralari hamda bu boradagi ustuvor vazifalar haqida atroflicha tushunchalar berildi.
🧠 Ochiqlik, halollik va mas’uliyat — taraqqiyot garovi!
🔍 Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimizdir!
🤝 Keling, kelajagimiz porloq bo‘lishi uchun birgalikda harakat qilaylik!
🎓 TDMAUda “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yangi qabul qilingan 1-bosqich talabalarini yangi muhitga tez va samarali moslashtirish maqsadida “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
📌 Dastur doirasida talabalar:
▫️ universitet hayoti va ichki tartib-qoidalari bilan tanishmoqda;
▫️ o‘quv jarayoni hamda turli to‘garaklar faoliyati haqida ma’lumot olmoqda.
🟢 Xususan, “Agrobiologiya” va “Mexanika va konchilik ishi” fakultetlari yoshlar uchun:
✨ “Korrupsiya — kelajagimiz kushandasi”
✨ “Yoshlar orasida jinoyatchilik, diniy ekstremizm va giyohvandlikning oldini olish” mavzularida ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi.
📖 Tadbirlar talabalarni ma’naviy saviyasini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etishga xizmat qilmoqda.
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!
Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006
📚 TDMAUda “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Qurilish va irrigatsiya” fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda universitetning Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Karimov, fakultet dekani A.Butayorov hamda mas’ul xodimlar qatnashib, korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning kelib chiqish omillari va bu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida atroflicha fikr bildirdilar.
Muloqot davomida ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash, talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ekani alohida qayd etildi.
🛡 Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi!
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talabalar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirishga bagʻishlangan profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda universitetning birinchi prorektori M. Majitov, rektor maslahatchisi R. Xurramov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh. Karimov hamda fakultet dekani R. Raximov ishtirok etdi.
Muloqot davomida quyidagi masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi:
▪️»Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi» va ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish;
▪️Universitetda «Odob-axloq» qoidalariga riyo etish;
▪️Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish.
Ushbu tadbirda «Energetika va sanoat muhandisligi» fakulteti sirtqi ta’lim shakli 3-bosqich talabalari ishtirok etdi. Tadbir yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
📌 Bizning maqsadimiz — shaffof ta’lim va korrupsiyadan xoli kelajak!
Talabalar muammolari tinglandi: TDMAUda sayyor qabul
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor Rasul To‘rayev talaba-yoshlar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning muammolariga joyida yechim topish va ularning ijobiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida talabalar o‘qish jarayoni, yashash sharoitlarini yaxshilash va nazariyani amaliyot bilan bog‘lash masalalarida murojaat qilishdi. Ayniqsa, zamonaviy agrotexnologiyalarni bevosita ishlab chiqarish korxonalarida o‘rganish bo‘yicha bildirilgan takliflar rektor tomonidan yuqori baholandi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yurtimiz bo‘ylab sayohatlar uyushtirish, “Rektor stipendiyasi” tanlovi va sport musobaqalarini ko‘paytirish bo‘yicha qiziqarli g‘oyalar ilgari surildi.
Rektor barcha murojaatlarni tinglab, mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi va har bir masala ijrosini shaxsiy nazoratiga olishini ta’kidladi. “Sizning tashabbusingiz — universitet rivojining asosidir”, — deya xulosa qildi Rasul To‘rayev.
