Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish borasida ommaviy tadbirlar, sport tadbirlari, uchrashuvlar, davra suhbatlari va turli mavzuda videoroliklar tanlovlari o‘tkazib kelinadi.
Shuningdek, institutda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh muhim tashabbus” doirasida;
1-tashabbus doirasida institutda “Chag‘aniyon” talabalar teatr studiyasi, “Janub muhandislari” jamoasi, “Zakovat”, “QVZ”, “Yoshlar klubi”, “Havaskorlik ansambllar”, “Tafakkur sinovlari” klublari tashkil etilgan.
Shuningdek, “Chag‘aniyon” talabalar teatr studiyasiga 27 nafar talaba, “Janub muhandislari” jamoasiga 34 nafar talaba, “Zakovat” intellektual jamoalariga 236 nafar talaba, “QVZ” jamoalariga 103 nafar talaba, “Debat klubi”ga 98 nafar talaba va “Tafakkur sinovlari” klubiga 109 nafar talabalar jalb etilgan.
2-tashabbus doirasida institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ommaviy sport bilan keng qamrab olish maqsadida “Muhandislar” sport klubi tashkil etilib, futbol, kurash, qo‘l to‘pi, voleybol, stol tennis, og‘ir atletika, badminton, shaxmat sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan.
3-tashabbus doirasida “Robotexnika”, “Kompyuter savodxonligi”, “Kompyuter grafikasi”, “Internetdan foydalanish”, “Axborot xavsizligi” to‘garaklari tashkil etilgan.
4-tashabbus doirasida fakultetlarda “Zukko kitobxon” va “Munozara” debat klublari faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur to‘garaklarga fakultetlardan 113 nafar talabalar jalb etilgan.
5-tashabbus doirasida institutda zamonaviy tikuvchilik ustaxonasi, sartaroshlik va to‘quvchilik to‘garaklar tashkil etilgan.
Shuningdek, “Besh tashabbus – besh imkon” shiori ostida “Mushoira”, “Kitobxonlik”, Rassomchilik”, “Eng yaxshi raqs san’ati”, “Eng yaxshi musiqiy ijro”, “Xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan eng samarali loyiha ishlanmasi” musobaqalari tashkil etilgan.
Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy bagʻrikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasi “Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning gʻarazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati”, “Ekstremistik va terroristik hatti-harakatlarning huquqiy va salbiy oqibatlari” va “Milliy libos — ma’naviyat koʻzgusi” mavzularida uchrashuv va davra suhbatlar tashkil etib kelinmoqda.
Institutda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha sport musobaqalari doirasida futbol, valeybol, stol tennisi, shaxmat, shashka, badminton va milliy kurash turi bo‘yicha “Rektor kubogi”, “Dekan kubogi” musobaqalari o‘tkazib kedinmoqda.
Shuningdek, institutda «Workout» bo‘yicha jihozlar o‘rnatilib, stritbol va «Workout» bo‘yicha jamoalarni tashkil etilgan.
Institutda tashkil etilgan “Chag‘oniyon” talabalar teatr studiyasi o‘zining sahna repertuarlarini turli tadbirlar va targ‘ibot tadbirlarida namoyish etib kelmoqda.
Shuningdek, “Talabalar ligasida” sport musobaqalarida sportning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda 1600 ga yaqin talabalar ishtirok etgan bo‘lsa, “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” 1200 ga yaqin talaba-yoshlar qamrab olindi.
Musobaqalar so‘ngida g‘olib va sovrindorlar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Yil davomida 3 nafar talabamiz sportning turli sohalari bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazish uchun reja-jadval ishlab chiqilgan bo‘lib, haftaning quyidagi kunlarida tadbirlar yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda.
- Dushanba kun — Kitob mutolaasi va muhokamasi kuni.
- Seshanba kun — Sport to‘garaklari kuni.
- Chorshanba kun — Intellektual o‘yinlar kuni.
- Payshanba kun — Ilmiy-ijodiy to‘garaklar kuni.
- Juma kun — Rektor, prorektor, dekan va yoshlar uchrashuvi kuni (Juma oqshomi kuni).
- Shanba kun — Madaniy, ma’rifiy va san’at tadbirlari kuni.
- Yakshanba kun — Tozalik kuni.
