TERMIZ DAVLAT MUHANDISLIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI SDG 6 – TOZA SUV VA SANITARIYA MAQSADI BO‘YICHA MUHIM NATIJALARGA ERISHMOQDA

 

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi 6-maqsad – “Toza suv va sanitariya” yo‘nalishida izchil faoliyat olib bormoqda. Universitetda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv sifati va sanitariya holatini yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholining suvni tejash madaniyatini shakllantirish bo‘yicha qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Universitet tarkibida faoliyat yuritayotgan Irrigatsiya va melioratsiya yo‘nalishi suv resurslarini samarali boshqarish, sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda qurg‘oqchil hududlarda suvdan unumli foydalanish bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlamoqda. Mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy loyihalar va ilmiy tadqiqotlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Universitet hududida ichimlik suvi sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy suvni filtrlash va tozalash uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar sifatli va xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega. Ushbu tizimlar suv tarkibidagi zararli moddalarni kamaytirish, sanitariya talablariga javob beradigan toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, universitet kampusida suv iste’molini kamaytirish maqsadida suv tejovchi texnologiyalar bosqichma-bosqich joriy etilib, yashil hududlarni sug‘orishda samaradorligi yuqori bo‘lgan usullardan foydalanilmoqda. Kam suv talab qiluvchi va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarning ekilishi natijasida suv resurslarini asrash hamda ekologik muvozanatni saqlashga erishilmoqda.
Oqava suvlarni boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida ham universitet tomonidan innovatsion yondashuvlar qo‘llanilmoqda. Oqava suvlarni biologik tozalash, qayta foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va suv ifloslanishining oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu faoliyat talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun amaliy tajriba maydonini yaratib, ularning ekologik muammolar yechimiga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
Universitet qoshida faoliyat yuritayotgan ekologik klublar va talabalar tashabbuskor guruhlari tomonidan muntazam ravishda “Suvni asraylik”, “Har tomchi qadrli”, “Toza suv – sog‘lom hayot garovi” kabi targ‘ibot tadbirlari, seminar-treninglar va ekologik aksiyalar tashkil etiladi. Mazkur tadbirlar yoshlar va mahalliy aholi o‘rtasida suv resurslaridan mas’uliyatli foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti kelgusida ham suv resurslarini boshqarish, sanitariya infratuzilmasini takomillashtirish, innovatsion irrigatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.

https://youtu.be/-CiYqP-PSOA




💧 Ilm-fan va amaliyot integratsiyasi: Universitet hududida F-2 tomchilatib sug‘orish tizimi tatbiq etildi

Bugungi kunda Termiz davlat muhandislik va agrotеxnologiyalar universitetida talabalar nafaqat nazariy bilimlarni, balki zamonaviy ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan holda amaliy ko‘nikmalarni ham mukammal shaklda egallamoqda.

Shu bilan birga, dunyo miqyosida resursni tejashga qaratilgan samarali sug‘orish texnologiyalari foydalanish nisbati haligacha atigi 4,8 % ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtdagi qo‘llanilayotgan sug‘orish usullari taqsimoti quyidagicha:

▫️ 49 % — egatlab sug‘orish
▫️ 38 % — yomg‘irlatib sug‘orish
▫️ 8,2 % — tomchilatib sug‘orish
▫️ 4,8 % — boshqa usullar

🔹 Shu nuqtayi nazardan, suv resurslarini oqilona va samarali boshqarish hamda qishloq xo‘jaligi maydonlarida yuqori hosildorlikka erishish maqsadida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish istiqbolli va zarur vazifa sanaladi.

✨ Jumladan, “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan innovatsion yondashuvlar asosida mahalliy hududda F-2 formatida tomchilatib sug‘orish tizimi muvaffaqiyatli o‘rnatildi. Bu tizim nafaqat shaharsozlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi, balki talabalarga nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish, shuningdek ilmiy tadqiqotlarini samarali olib borish imkoniyatlarini yaratadi.




Universitetning Qurilish va irrigatsiya fakulteti Suv xo‘jaligi va melioratsiyasi hamda Gidrotexnika inshoatlari va nasos stansiyalaridan foydalanish yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar «TO’POLANG GESI» UK da o’quv tanishuv amaliyotida bo’lishdi.

O’quv amaliyoti davomida talabalarga «TO’POLANG GESI», uning ishlash tizimi , xodimlarning ish tartibi hamda mazkur gesdagi qurilmalarning qanday tartibda ishlashi, qilinayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida so’zlab berildi.

Bundan tashqari talaba-yoshlar tanishuv amaliyoti davomida suv omborining hajmi, ZARCHOB-1 va ZARCHOB-2 GESlari haqida ham ma’lumotlarga ega bo’lishdi.




📚 TDMAUda pokistonlik olimlar ishtirokida xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Pokistonning Karachi universiteti professori Kamran Azim hamda NED Muhandislik va texnologiya universiteti doktori Atif Mustafo ishtirokida xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.

​Seminarda tabiiy asaldagi biofaol oqsillar, suv resurslarini barqaror boshqarish, ekologik yechimlar va zamonaviy muhandislik yondashuvlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Tadbir davomida ilmiy tajriba almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

​Yakunda tomonlar akademik almashinuv dasturlari va qo‘shma ilmiy loyihalarni yanada rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.