Energetika va sanoat muhandisligi fakulteti

Dekan

Raximov Rashid Xaydarovich

⏱️ Qabul vaqti : Har kuni 15:00-17:00

📞 Telefon: +99890 520 41 61

📨 Email : rashidraximov35@gmail.com

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Xolmurodov Odil Abdumurodovich

⏱️ Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00

📞 Telefon: +998 99 062 68 88

📨 Email: jasurer87@gmail.com

Telegram - Free social media icons Telegram:+998 99 062 68 88

Fakultetda bugungi kunda quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

Aniq va tabiy fanlar
Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari
Energetika
Atrof-muhit muhandisligi va hayot faoliyati xavfsizligi
Kimyo muhandisligi kafedrasi

Fakultet tarkibida bugungi kunda 87 nafar professor-o‘qituvchilar (shundan 2 nafari 3 DSc, 23 nafari fan nomzodlari, dotsent) talabalarga tahsil berib kelishmoqda.  

Fakultet tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 iyundagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3101-sonli qaroriga asosan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali  tashkil etildi.

Fakultet  Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari nomi bilan 2017-yildan o‘z faoliyatini boshlagan. 2024-yil 18-iyul kunidagi PQ-265-sonli Prezident qaroriga asosan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilib, hozirda fakultet “Energetika va sanoat muhandisligi” nomi bilan yuritib kelinmoqda. Fakultetda 9 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi va  4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

O‘quv jarayoni

Energetika va sanoat muhandisligi fakultetida bugungi kunda  elektr energetika, yengil sanoat, oziq-ovqat, kimyoviy texnologiya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohalari uchun zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda.

Magistratura

Elektr ta’minoti, atrof muhit muhofazasi, kimyoviy texnologiya, to‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanib kelinmoqda.

Talabalar kontingenti

Fakultetda jami 2360 nafar talaba ta’lim olmoqda. Shundan: kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 938 nafar, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 1422 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultet bo‘yicha 7868 nafari qizlar va 1574 nafari o‘gil bolalarni tashkil qiladi. Fakultetda ustoz-shogird an’anasiga amal qilingan holda ishlar yo‘lga qoyilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar 39 nafar iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilmoqdal