Obodlik bor joyda fayz boʻladi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida kampus hududini yanada koʻrkam, yashil va ozoda saqlash maqsadida kunning salqin vaqtlarida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jamoa tomonidan daraxtlar parvarish qilinib, tanalari oqlanmoqda, yashil maydonlar va gulzorlar tartibga keltirilmoqda, butalarga agrotexnik ishlov berilmoqda. Shuningdek, oʻsimliklarning sogʻlom oʻsishini taʼminlash maqsadida muntazam sugʻorish ishlari ham olib borilmoqda.
Bu ezgu tashabbuslar universitet hududining koʻrkini yanada oshirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun toza, qulay va fayzli taʼlim muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
TDMAUda hashar
Joriy yilning 28-may sanasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi.
Tadbir davomida universitet akademik litseyi binolari va ularning atrofidagi hududlar saranjom-sarishta holatga keltirilib, manzarali gul ko‘chatlari ekildi. Daraxtlarga ishlov berilib, taglari oqlandi, hududlar esa chiqindilardan tozalandi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida hashar o‘tkazildi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi.
Joriy yilning 14-aprel sanasida bo’lib o’tgan hashar davomida universitet akademik litseyi binolari va ularning atrofidagi hududlar saranjom-sarishta holatga keltirilib, manzarali gul ko‘chatlari ekildi. Daraxtlarga ishlov berilib, taglari oqlandi, hududlar esa chiqindilardan tozalandi.
Poklik va ozodalikka alohida e’tibor qaratilgan joyda fayz-baraka, unumli mehnat va yaxshi kayfiyat hukm suradi. Shu bois universitet rahbariyati obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor berib, bu yo‘nalishni muhim vazifa sifatida belgilagan. Bugungi hasharda ham universitet rektori Rasul To‘rayev boshchiligida barcha xodimlar faol ishtirok etib, obodonlashtirish va tozalik ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirdilar.
Hashar chog‘ida universitet hovlisida doshqozonlarda osh damlanib, tadbir bayramona ruhda o‘tdi. Jamoani yagona ezgu maqsad yo‘lida birlashtirgan ushbu tadbir universitetdagi mehr-oqibat, birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Hashar TDMAUga yarashar!
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tashabbus ayni mart oyining 15-sanasida atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan bo’lib, unda universitet xodimlari va talabalari faol ishtirok etib, ezgu ishga o’z hissalarini qo‘shdilar.
Xususan, universitet hududida joylashgan yer maydonlarida gul, rayhon va manzarali ko‘chatlar ekildi. Ushbu ko‘chatlar nafaqat hududning estetik ko‘rinishini yanada chiroyli qilish, balki ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, havoni tozalash va kelajak avlod uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
Hashar davomida daraxtlar tagi tozalanib, gulzorlar parvarish qilindi, atrof-muhit yanada obodonlashtirilib, hudud ko’kalamzorlashtirildi. Zero, obod maskan — obod qalblar timsoli. Bugungi hashar esa nafaqat tozalik, balki birlik va hamjihatlikning yorqin ifodasidir.
