Mexanika va konchilik ishi fakulteti

Dekan

Jurayev Erkin Baxtiyorovich

🗓 Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00

☎️ Telefon:+998 99 941 81 21

📨 Email: erkinjurayev8181@gmail.com

Xodimlar

 Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Tursunov Abdimo‘min Shaxanovich

🗓 Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00

☎️ Telefon: +99890 228 63 85

📨 E-mail: tursunov20028@mail.ru

Telegram - Free social media icons Telegram: +99890 228-63-85

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari

Rajabov Shahboz Xolmamat o’g’li

🗓 Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00

 Telefon: +99899 198 05 05

📨 Email: shaxbozrajabov515@gmail.com

Telegram - Free social media icons Telegram: +99899 198 05 05

 

Fakultetda bugungi kunda quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

Metrologiya va texnologik mashinalar,

Transport muhandisligi va logistika,

Muhandislik va kompyuter grafikasi,

Avtomatlashtirish va boshqarish,

Neft-gaz va konchilik ishi kafedrasi.

Fakultet tarkibida bugungi kunda 81 nafar professor-o‘qituvchilar (shundan 1 nafar professor, 16 nafari fan nomzodi, dotsent) talabalarga tahsil berib kelishmoqda.  

Fakultet tarixi

Fakultet Qurilish va transport tizimlari nomi bilan 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2020-yil yanvar oyida Kengash qarori bilan fakultet nomi “Energetika va transport tizimlari” fakultetga o‘zgardi. 2022-yil avgust oyida shu fakultet negizida “Mexanika” fakulteti tashkil etildi. 2024-yil 18-iyul kunidagi PQ-265-sonli Prezident qaroriga asosan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilib, hozirda fakultet “Mexanika va konchilik ishi” nomi bilan yuritib kelinmoqda. Fakultetda 12 ta bakalavr va 1 ta magistratura ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqdi. Jami talabalar soni kunduzgi ta’lim shaklida 1251 nafarni tashkil etadi.

 O‘quv jarayoni

Mexanika va konchilik ishi fakultetida bugungi kunda Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha), Texnologik mashinalar va jihozlar, Metrologiya va standartlashtirish, Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, Marksheyderlik ishi, Konchilik ishi, Konchilik elektr mexanikasi, Neft va gaz ishi, Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi, Yoʻl harakatini tashkil etish, Transport logistikasi (avtomobil transporti), Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda.

Magistratura

Fakultetda Yer usti transport vositalari va tizimlari mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlar tayyolanib kelinmoqda.

Talabalar kontingenti

Fakultetda 1251 nafar talaba ta’lim olmoqda: shundan: 101 nafari qizlar va 1167 nafari o‘gil bolalardir. Fakultetda ustoz-shogird an’anasiga amal qilingan holda ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar 13 nafar iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilmoqda.