Iqtidorli talabalar
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limining nizomi
IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASHNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY VAZIFALARI.
- iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
- iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish;
- iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yoʻnalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
- iqtidorli talabalar uchun Oʻzbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish boʻyicha maxsus mashgʻulotlarni tashkil etish;
- iqtidorli talabalarni fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy toʻgaraklarga va ijodiy jamoalariga jalb qilish;
- iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, universitet, universitetlararo, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tavlovlarda qatnashishlarini tashkil etish;
- iqtidorli talabalar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash, ularning sovrindor boʻlishiga erishish;
- reytingi yuqori iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash;
- iqtidorli talabalarni ilm-fan namoyondalari, universitet rahbarlari, tajribali professor-oʻqituvchilar bilan davra suhbatlarini tashkil etish;
- iqtidorli talabalar uchun ixtisosligi boʻyicha kasb oʻyinlari va tavlovlarni tashkil etish;
- tarjimonlik yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli talabalarning ilmiy- ijodiy toʻgaraklarini tashkil etish va ilmiy-ijodiy izlanishlarga tegishli shart-sharoit yaratib berish;
- tanlangan yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha adabiyot va boshqa manbaalar bilan iqtidorli talabalarni ta’minlash va ulardan foydalanish usullarini oʻrgatish;
- iqtidorli talabalar uchun maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv dasturlari ishlab chiqishni va ular asosida ta’lim berishni tashkil etish;
Yukorida keltirilgan vazifalarni samarali amalga oshirish ishiga oliy oʻquv yurtida barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, oʻquv ishlari boʻyicha boʻlim boshliqlari va guruh murabbiylari mas’ul hisoblanadi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish va ularni maqsadli tayyorlash yuzasidan fakultet va kafedralarda, quyidagi ish jildnomalarini yuritish tavsiya etiladi:
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash Nizomi;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash ish rejasi (dasturi);
- Ish rejasi (dastur)ning bajarilishi toʻgʻrisida hisobotlar;
- Iqtidorli talabalarga oid oliy oʻquv yurti rahbarlarining buyruqlari;
- konferensiya, olimpiada, tanlovlar oʻtkazilishiga oid hujjatlar;
- Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti nomidagi Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga oid hujjatlar;
- Iqtidorli talabalarni izlash va ularni maqsadli tayyorlash toʻgʻrisidagi yuqori boshqaruv organlarining qarorlari va buyruqlari;
- Iqtidorli talabalar qatnashadigan toʻgaraklarning dasturlari, ish rejalari;
- Iqtidorli talabalar va ularning rahbarlari haqida ma’lumotlar;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlashga ta’lim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan, yuqori pedagogik va ilmiy potensialga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar rahbarlik qiladi.
IQTIDORLI TALABALARNI ANIQLASH
Iqtidorli talabalarni aniqlash koʻp bosqichli murakkab jarayon hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda yoshlarning qaysi sohalarga qiziqishini, iqtidorini maxsus psixologik testlar yordamida psixologlar aniqlab boradilar.
Iqtidorli talabalarni aniqlashda ularda quyidagi fazilatlarni shakllanganlik darajasini hisobga olish lozim boʻladi:
- fanni bilishi;
- intellektual salohiyati;
- ishlash qobiliyati;
- ilmiy tadqiqot ishiga qiziquvchanligi;
- mas’uliyatni his qilishi;
- keng dunyoqarashga egaligi;
- tashabbuskorligi;
- vatanparvarligi;
- ona tilida, rus tilida va chet tilida erkin gaplasha olishi;
- etakchilik qila olish qobiliyati;
- maqsad sari intiluvchanligi;
- ma’naviy tafakkuri;
- muomila va atrof muhit bilan munosabat oʻrnata olish qobiliyati;
- nutq madaniyati;
Yuqorida keltirilgan fazilatlarni shakllanganlik darajasini ogʻzaki suhbat, maxsus test topshiriqlari asosida aniqlash mumkin.
Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ular bilan ishlashni tashkil qilish bir necha yunalishlarda olib boriladi:
- oliy oʻquv yurti kafedralarida birinchi kurs talabalari ichida;
- yuqori kurs talabalari ichida yangi yuzaga kelgan iste’dod egalarini aniqlash yoʻli bilan;
Iqtidorli talabalarni aniqlashda, ayniqsa, yuqori kurslar uchun fanlar boʻyicha maxsus test topshiriqlari tajribali professor- oʻqituvchilar tomonidan tuziladi va kafedra muhokamasidan oʻtkazilib tasdiqlanadi.
Fanlarni bilish darajasi boʻyicha iqtidorli talabalarning reytingini aniqlashda ular tegishli kursda oʻqitilgan fanlar topshiriq- testlaridan oʻtkaziladi.
Iqtidorli talabalarni aniqlashda, ayniqsa, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini hamda biror bir masala echimiga tanqidiy yondashish fazilatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtidorli talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Iqtidorli talabalarni ularning biror-bir voqelikni, hodisani yoki predmetni oʻrganish uslubini aniqlash yoʻli bilan ham tanlash mumkin.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limining faoliyat
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 5363 nafar talaba tahsil olayabdi, shundan 253 nafari iqtidorli talabalar ro‘yxatiga kiritilgan. “Ustoz-shogird” tizimi asosida har bir iqtidorli talaba tajribali professor-o‘qituvchiga biriktirilgan. Institut talabalari muntazam ravishda Respublika va xalqaro olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishmoqda. Xususan, 173 nafar talabalar respublika va xorijiy konferensiyalarda o‘zining ma’ruzalari bilan bevosita ishtirok etdi.
Bundan tashqari iqtidorli talabalar tomonidan mahalliy jurnallarda 200 dan ortiq, xorijiy jurnallarda esa 450 ta ilmiy maqolalar chop etilgan. Respublika va xorijiy konferensiyalarda 680 ga yaqin tezislar chiqarilgan. Iqtidorli talabalar uztozlari bilan birgalikda 97 ta monagrafiya, 39 ta o‘quv qo‘llanma chop etishdi. Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan Startap va innovatsion loyihalar tanlovida muntazam ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Egamberdiyev Beg‘am Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan Respublika miqyosida Startap loyiha tanlovida Robotatexnika yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni egallab, 10 million so‘mlik loyiha sovrindori bo‘ldi. Iqtidorli talabalar o‘rtasida Respublika miqyosida “Startap”, “Top 10 Innovator”, “Ideaton Uzbekiston 2030” tanlovlarida iqtidorli talabalarimiz ishtirok etib fahrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovida institutimizdan 48 nafar talaba o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, 3,700 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi. Respublika miqyosida Respublikamizda bo‘lib o‘tgan “Innowek 2030” haftaligida. Meyliyev To‘lqin o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi. Normurodov Jaxongir Toshkent shaxrida o‘tkazilgan “Bo‘lajak olim” ko‘rik loyihasi startup tanlovida 99 million so‘m sovrindori bo‘ldi.
Universitetida iqtidorli talabalarni darsdan tashqari nazariy va amaliy tajribalarini oshirishda hamda o‘z ustida ishlash uchun kafedralar kesimida 34 ta fan to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib har bir to‘garakning ma’sul o‘qituvchisi biriktirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida 2022-yil 30-noyabr kuni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida muhandislik-texnologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro talabalar anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovida
2023-2024-o‘quv yilida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabgor talabalardan 22-nafari ishtirok etib, shulardan 8 nafari sovrindor bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari
Mirzo Ulug‘bek vorislari ko‘rik tanlovi viloyat va Respublika bosqichlari ishtirokchisi
StartUp loyihalar ko‘rik tanlovi doirasida o‘tkazilgan seminar
IELTS TOPIC markazida o‘tkazilgan seminar
WekInnovation ko‘rik tanlovi
IDEATON-30 loyihalar ko‘rik tanlovi
Mirzo Ulug‘bek vorislari ko‘rik tanlovi viloyat bosqichi
Innoweek-2030 ko‘rik tanlovi doirasida o‘tkazilgan seminar
Yosh tadbirkorlar ko‘rik tanlovi
Bo‘lajak olim ko‘rik tanlovi
