photo_2025-04-23_22-43-47

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari — o‘quv metodik ta’minot bo’limi boshlig‘i

Ramazanov Salohiddin Olimjonovich

Qabul vaqti : Har kuni soat 14-00 dan 16-00 gacha

Telefon :+998770904440
Telegram: +998770904440
@sramazanov4440

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari — o‘quv-metodik ta’minot bo‘limi boshlig‘i:
— universitet ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejasidagi fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatlarini tanqidiy tahlil qilgan holda, fakultetlar va kafedralarning o‘quv va uslubiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi hamda tegishli takliflar tayyorlaydi; — rektor va kengash yig‘ilishlari kun tartibiga sohaga tegishli dolzarb masalalar yuzasidan takliflar kiritadi hamda bu borada ma’lumotlarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi; — o‘quv-uslubiy boshqarmada tayyorlanayotgan hujjatlarni universitet bo‘lim boshliqlari hamda dekanlari bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi; — universitet ilmiy-uslubiy kengashi yig‘ilishlari kun tartibiga oid masalalarni tayyorlaydi; — o‘quv-uslubiy masalalar bo‘yicha fakultet va kafedralar o‘quv-uslubiy kengash rahbarlari seminarlarini tashkil qiladi; — universitet a’zo bo‘lgan Muvofiqlashtirish soha kengashi faoliyatida (majlislarida) ishtirok etadi; — professor-o‘qituvchilarning mutaxassislik, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha tegishli muddatlarda malaka oshirish rejalarini tuzadi va ijrosini nazorat qiladi; — akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan universitetda yaratilayotgan o‘quv adabiyotlarining (darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va boshqalar) ekspertizasini tashkil etadi va chop etishga ruxsatnoma berilishini ta’minlaydi; — universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
o‘quv rejalari fanlar bo‘yicha zarur o‘quv adabiyotlar ro‘yxatini, nashr etish rejasini shakllantiradi; — universitetda eng yaxshi o‘quv adabiyotlari yillik tanlovlarini o‘tkazadi va natijalarini vazirlikka taqdim etadi; — universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va uning negizidagi magistratura mutaxassisliklarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni tashkil qiladi; — belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha universitetda “Eng yaxshi” pedagog tanlovini o‘tkazadi va natijalarini vazirlikka taqdim etadi; — Ilmiy-uslubiy kengashlarga tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi; — pedagog kadrlar va rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etadi, hujjatlarni tayyorlaydi, jarayonni nazorat qiladi; — o‘quv reja va o‘quv dastur(sillabus)larning tuzilishini va tayyorlanishini nazorat qiladi; — universitetda masofaviy ta’lim shakli uchun tayyorlangan kontentlarning fanning o‘quv dasturiga mosligi, elektron platformaga kiritilganligini tahlil qiladi; — universitet fakulteti dekanatlaridagi o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishini nazorat qiladi; — sifat nazorati hay’ati orqali o‘quv mashg‘ulotlarining sifat darajasini oshirishga erishish, yosh pedagog kadrlar malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; — universitet fakultet va kafedralari bilan hamkorlikda o‘quv- me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi; — o‘quv-uslubiy jarayon bo‘yicha prorektor va boshqarma boshlig‘ining tegishli topshiriqlarini bajaradi.