Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti

Turakulov Alimardon Abdusalomovich

Lavozimi : Dekan

🗓 Qabul vaqti : Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha

☎️ Telefon : +99897 763 65 17

📨 E-mail : turakulov1983@list.ru

Xodimlar

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Bekmurodov Umid Bekmurodovich

🗓 Qabul vaqti: Har kuni 15:00dan 17:00 gacha

☎️ Telefon: +99899 679 31 77

📨 E—mail: bekmurodov.umid@mail.ru

Telegram - Free social media iconsTelegram:+99899 679 31 77

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari

Diyorov Husan Gulmurodovich

🗓 Qabul vaqti: Har kuni 15:00dan 17:00 gacha

📨 E—mail: husan_diyorov88@mail.ru

☎️ Telefon: +998 94 464 94 33

Telegram - Free social media icons Telegram: +998 94 464 94 33

Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti

Fakultet tarixi

Fakultet Toshkent davlat agrar unversiteti Termiz filiyalida “Agrobiznes va invistitson faoliyat” nomi bilan 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2020-yil yanvar oyida universitet Kengash qarori bilan fakultet nomi “Agrologistika va biznes” fakulteti tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-265-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tarkibida Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti qayta tashkil etilgan

Hozirgi vaqtda fakultet tarkibida to‘rtta Tarmoqlar iqtisodiyoti, Oʻrmonchilik, dorivor oʻsimliklar va manzarali bogʻdorchilik, Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik va Oʻzbek tili va adabiyoti kafedralari faoliyat yuritadi.

Fakultetda Bakalavriat: Iqtisodiyot, Menejment, Buxgalteriya hisobi va audit, Moliya va moliyaviy texnologiya, Biznesni boshqarish, Raqamli iqtisodiyot, Agrobiznes va investitsion faoliyat, Zooinjeneriya (turlar bo’yicha), Veterinariya meditsinasi, Veterinariya farmatsevtikasi, Ipakchilik va tutchilik, O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish, Manzarali bog‘dorchilik va ko’kalamzorlashtirish, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi o‘n to‘rtta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud.

Magistratura: Iqtisodiyot, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, O‘rmonchilik, Chorvachilik, Veterinariya akusherligi va hayvonlarning koʻpaytirish biotexnikasi beshta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Talabalar umumiy soni 1866 nafarni tashkil etib, ularning 940 nafari kunduzgi, 186 nafari kechki, 703 nafari sirtqi va 37 nafari masofaviy ta’lim shaklida tahsil olmoqda. Bu ko‘rsatkichlar fakultetga bo‘lgan ehtiyoj va ishonchning yuqoriligidan dalolat beradi.

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati

Fakultetda asosiy shtatda jami 80 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 19 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lib, 1 nafari fan doktori (DSc), 18 nafari esa falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega hisoblanadi. Shuningdek, 10 nafar katta o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Fakultetning umumiy ilmiy salohiyati 25,7 foizni tashkil etadi. Hozirgi kunda fakultetda 14 nafar doktorant tahsil olmoqda hamda 9 nafar mustaqil tadqiqotchi ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Mazkur ko‘rsatkichlar fakultetda ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish va ilmiy izlanishlarni rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.