Agrobiologiya fakulteti

Dekan

Jumanov Dilshod Toshtemirovich

⏱️ Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00

📞 Telefon: +99893 995 00 09 
Email: dilshodjumanov31@gmail.com

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Yangiboyev Ro’ziboy Muqimovich

🗓 Qabul vaqti: Har kuni 15:00 17:00 

☎️ Telefon: +99894 909-88-91

📨 E—mail: ryangiboyev@bk.ru

Telegram - Free social media icons Telegram: +99894 909 88 91

Fakultetda bugungi kunda quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

Agronomiya, seleksiya va urug’chilik, O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedralari. Fakultet tarkibida bugungi kunda 66 nafar professor-o‘qituvchilar (shundan 7 nafar fan doktori 21 nafar ilmiy darajali dotsent) talabalarga tahsil berib kelishmoqda.

 

Fakultet tarixi

Fakultet Agrobiologiya nomi bilan 2017-yilda Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali negizida tashkil etilgan. 2021-yil 28 oktabrdagi
PQ-5269-sonli Prezident qarori bilan Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti nomi bilan tashkil etilib, fakultetning “Agrobiologiya” nomi saqlanib qoldi. 2024-yil 18-iyul kunidagi PQ-265-sonli Prezident qaroriga asosan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilib, hozirda ham fakultet “Agrobiologiya” nomi bilan yuritib kelinmoqda. Fakultetda 11 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 8 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

O‘quv jarayoni

Agrobiologiya fakultetida bugungi kunda  Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish, Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha), O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha), O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini, Qishloq xo’jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha), O‘simlikshunoslik (ekin turlari bo‘yicha), Agronomiya (anorchilik), Mevachilik va uzumchilik, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda.

Magistratura

Agrokimyo, Tuproqshunoslik, Agronomiya, O’simliklar himoyasi va karantini, Seleksiya va urug’chilik, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Organik dehqonchilik hamda O’simliklar himoyasida monitoring va bashorat  mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanib kelinmoqda.

Talabalar kontingenti

Fakultetda jami 1158 nafar talaba ta’lim olmoqda. Shundan: kunduzgi ta’lim shaklida 750 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 405 nafar, kechki ta’lim shaklida 3 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultet bo‘yicha 708 nafari qizlar va 450 nafari o‘gil bolalarni tashkil qiladi. Fakultetda ustoz-shogird an’anasiga amal qilingan holda ishlar yo‘lga qo’yilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar 38 nafar iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilmoqda.