Universitetda tyutorlik faoliyatini takomillashtirish va talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida universitetning 2 nafar tyutori Muzaffar Saidov va Orifjon Absamatov ayni paytda Tojikiston texnologiya universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar bilan ishlash, ularning intizomi, odob-axloqi va tarbiyaviy holatini nazorat qilish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda amaliy ko‘nikmalarni oshirishdan iborat.
Xizmat safari davomida tyutorlar talabalar bilan individual ishlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va ichki tartib-intizomni mustahkamlash borasidagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Jarayon yakunida to‘plangan zamonaviy yondashuvlar va manzilli ishlash bo‘yicha foydali ko‘nikmalar universitetda ma’naviy yetuk va mas’uliyatli talabalarni tarbiyalashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
