Universitetimizda H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti laboratoriya boshlig‘i, g.-m.f.f.d. (PhD) A.X.Hamrayev ishtirokida «Geologiya-qidiruv ishlarini loyihalash» mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida sohada qo‘llanilayotgan GIS, GNSS va 3D modellashtirish kabi zamonaviy texnologiyalar hamda «Raqamli geologiya» tizimining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Muloqotda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida sohani rivojlantirish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalariga to‘xtalib o‘tildi.
Jumladan, yangi konlarni aniqlash, mahalliy xomashyo bazasini kengaytirish va ilm-fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi.
Yakunda zamonaviy geolog nafaqat dala mutaxassisi, balki yuqori texnologik jarayonlarni boshqaruvchi analitik bo‘lishi kerakligi bo‘yicha xulosalar berildi.
