​Universitetda tyutorlik faoliyatini takomillashtirish va talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida universitetning 2 nafar tyutori Muzaffar Saidov va Orifjon Absamatov ayni paytda Tojikiston texnologiya universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

​Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar bilan ishlash, ularning intizomi, odob-axloqi va tarbiyaviy holatini nazorat qilish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda amaliy ko‘nikmalarni oshirishdan iborat.

​Xizmat safari davomida tyutorlar talabalar bilan individual ishlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va ichki tartib-intizomni mustahkamlash borasidagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

​Jarayon yakunida to‘plangan zamonaviy yondashuvlar va manzilli ishlash bo‘yicha foydali ko‘nikmalar universitetda ma’naviy yetuk va mas’uliyatli talabalarni tarbiyalashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.