Ushbu uchrashuvlar yoshlarning istiqbolli rejalari bilan tanishish hamda ularga kasbiy yo‘nalish berishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xususan, Qiziriq tumanida hokim Sherxon Allamurotov universitet bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashib, yoshlarni o‘z bilim va salohiyatini yurt ravnaqi yo‘lida safarbar etishga chaqirdi. Muloqot davomida ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar yuklatildi (https://t.me/qiziriq_tuman_mx/47957?single).
Shuningdek, Bandixon tumani hokimi A.Allamuradov ishtirokida TDMAUning bitiruvchi kurs talabalari uchun onlayn muloqot o‘tkazildi (https://t.me/Bandixonthaxborotxizmati/45450?single). Uchrashuvda universitetning kafedra mudirlari va soha mutaxassislari qatnashib, talabalarning mutaxassislik bo‘yicha ish bilan ta’minlanishi va kelajakdagi kasbiy shakllanishi masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Bu kabi tizimli uchrashuvlar nafaqat oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini hal etish, balki mamlakatimizning kadrlar salohiyatini mustahkamlash va umummilliy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan muhim qadamdir.
