Hurmatli talabalar va bitiruvchilar!
Siz o‘z karyerangizni xalqaro darajada qurishni va Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida faoliyat yuritishni xohlaysizmi? Unday bo‘lsa, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Yaponiyaning “Horizontal Line Co., Ltd” hamda “Maneki Nekochan LLC” kompaniyalari vakillari ishtirokida maxsus seminar-trening tashkil etilmoqda.
🎬 Tadbirda sizni nimalar kutmoqda?
🇯🇵 Yaponiyada ishlash: To‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchilar bilan muloqot;
💼 Ishga joylashish: Jarayonlar, talablar va kerakli hujjatlar bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma;
🎓 Bitiruvchilar uchun imkoniyat: Mutaxassislik bo‘yicha xalqaro tajriba orttirish yo‘llari;
💻 Onlayn muloqot: Kompaniya direktori bilan Yaponiyadan turib bevosita savol-javob (Zoom orqali).
👤 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Barcha yo‘nalishdagi 3–4-kurs talabalari hamda ish izlayotgan bitiruvchilar taklif etiladi.
📅 Sana: 25-mart
⏰ Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Аsosiy bino, Faollar zali
ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @Tdmau_xalqaro
