Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti professori, texnika fanlari doktori Rustam Ergashev tashrif buyurdi.
R.Ergashev irrigatsiya tizimining texnik ishonchliligini ilmiy asoslagan, ixtirolari amaliyotda keng qo‘llanilgan salmoqli olim va kuchli mutaxassisdir.
Mehmon universitet rektori Rasul To‘rayev hamrohligida oliygohning zamonaviy infratuzilmasi, amaliyot laboratoriyalari va innovatsion markazlar faoliyati bilan tanishdi.
Ayniqsa, universitet issiqxonasida ilmiy asosda parvarishlanayotgan turli xil rayhon navlari hamda Axborot texnologiyalari markazidagi raqamlashtirish jarayonlari olimda katta taassurot qoldirdi.
Tashrif yakunida Rustam Ergashev universitetning ilmiy-innovatsion salohiyati hamda ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash borasidagi ishlarini yuqori baholadi.
