​Hurmatli talabalar va bitiruvchilar!

​Siz o‘z karyerangizni xalqaro darajada qurishni va Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida faoliyat yuritishni xohlaysizmi? Unday bo‘lsa, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

​Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Yaponiyaning “Horizontal Line Co., Ltd” hamda “Maneki Nekochan LLC” kompaniyalari vakillari ishtirokida maxsus seminar-trening tashkil etilmoqda.

​🎬 Tadbirda sizni nimalar kutmoqda?

​🇯🇵 Yaponiyada ishlash: To‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchilar bilan muloqot;
​💼 Ishga joylashish: Jarayonlar, talablar va kerakli hujjatlar bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma;
​🎓 Bitiruvchilar uchun imkoniyat: Mutaxassislik bo‘yicha xalqaro tajriba orttirish yo‘llari;
​💻 Onlayn muloqot: Kompaniya direktori bilan Yaponiyadan turib bevosita savol-javob (Zoom orqali).
​
👤 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Barcha yo‘nalishdagi 3–4-kurs talabalari hamda ish izlayotgan bitiruvchilar taklif etiladi.

​📅 Sana: 25-mart
⏰ Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Аsosiy bino, Faollar zali
​ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @Tdmau_xalqaro