Hurmatli talabalar!
Germaniyaning University of Applied Sciences Weihenstephan‑Triesdorf universiteti tomonidan “Summer Programme: Agriculture, Food and Nutrition” nomli yozgi ta’lim dasturi tashkil etilmoqda.
Mazkur dastur talabalarga Germaniyada xalqaro akademik muhitda bilim olish, amaliy tajriba orttirish hamda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat texnologiyasi va ovqatlanish sohalaridagi zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratadi.
📚 Dastur haqida batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun: Havola (https://www.hswt.de/en/international/ways-to-the-hswt/exchange-students)
📅 Muhim ma’lumotlar: Yangi o‘quv davri aprel oyining oxirida boshlanadi.
Dastur ayniqsa qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat texnologiyasi hamda ovqatlanish yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun foydali hisoblanadi.
🌍 Xalqaro tajriba orttirishni istagan barcha talabalarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz
