Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Agrobiologiya fakultetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusi asosida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.
Unda fakultetning 1–2-bosqich talabalari ishtirok etdi. Davra suhbatida markaz katta ilmiy xodimi Jo‘rabek Cho‘tmatov mavzu yuzasidan talabalarga ilmiy asoslangan ma’lumotlar berib, yoshlar o‘rtasida ma’rifatni keng targ‘ib qilish, diniy bilimlarni ishonchli manbalar asosida o‘rganish hamda turli yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetni mustahkamlash masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlar ongida ma’rifiy dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
