Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim asari asosida sahnalashtirilgan «Adolat fasli» tarixiy dramasining premyerasi namoyish etildi.

​Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan spektakl Sohibqironning «Kuch adolatdadir!» degan g‘oyasi asosida sahnalashtirildi. Unda Amir Temur siymosi buyuk sarkarda va davlat arbobi bilan bir qatorda matonatli, mustahkam irodali inson sifatida ham gavdalantirilgan.

​Sahna bezaklari, aktyorlarning jonli va ta’sirchan ijrosi hamda tarixiy davr ruhini aniq aks ettirgan liboslar tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

​Premyerada Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat tashkilotlari rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda rektor Rasul To‘rayev boshchiligidagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi ishtirok etdi.

​Spektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, tariximizga hurmat, adolat va vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga xizmat qildi.