​Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Ta’lim sifatini taʼminlash milliy agentligi ekspertlari ishtirokida yangi bakalavriat va magistratura taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o’tkazish bo’yicha oʻrganish ishlari olib borildi.

​Ekspertlar universitetda yoʻlga qoʻyilgan 12 ta yangi taʼlim dasturining mazmuni, rivojlanish istiqbollari va mehnat bozori talablariga muvofiqligini baholadilar. Shuningdek, kadr buyurtmachilari va ish beruvchilar bilan uchrashuv oʻtkazilib, bitiruvchilardan kutilayotgan kasbiy kompetensiyalar muhokama qilindi.

Bakalavriat yoʻnalishlari:
🟢Mexanika va matematik modellashtirish
🟢Sunʼiy intellekt
🟢Kartografiya va masofadan zondlash
🟢Biotexnologiya
🟢Sport faoliyati: kurash
🟢Sport faoliyati: voleybol

Magistratura mutaxassisliklari:
🟢Sunʼiy intellekt
🟢Biotexnologiya
🟢Geodeziya va geoinformatika
🟢Matematik injiniring
🟢Kartografiya

​Tashrif davomida oʻquv va laboratoriya xonalari, ustaxonalar, Axborot-resurs markazi, HEMISplatformasi faoliyati hamda inklyuziv taʼlim uchun yaratilgan sharoitlar ham oʻrganildi.

​Yakunlovchi uchrashuvda ekspertlar dastlabki mulohazalarini bildirib, taʼlim dasturlarini yanada takomillashtirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.