Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Energetika va sanoat muhandisligi fakulteti sirtqi ta’lim 2-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda rektor maslahatchisi R.Xurramov, fakultet dekani R.Raximov hamda “Komplaens-nazorat” bo‘limi boshlig‘i Sh.Karimov ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, ta’limda korrupsiyaning oldini olish, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida talabalarning huquqiy madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytarildi.
