Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev raisligida navbatdagi kengaytirilgan apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, dekanlar, kafedra mudirlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

​Yig‘ilishda kafedralarning yillik hisobotlari tahlili, yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari, bitiruvchilar bandligini ta’minlash va “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish holati muhokama qilindi.

​Shuningdek, to‘lov-kontrakt mablag‘lari tushumi, Edo.ijro.uz tizimida ijro intizomi, Axborot-resurs markazi kitob fondini boyitish va raqamlashtirish ishlari hamda elektr energiyasidan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

​Yig‘ilish davomida ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, innovatsion loyihalarni kengaytirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kutubxona fondini zamonaviy adabiyotlar buylan boyitish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

​Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.