​Bugun, 13-aprel kuni Samarqand shahrida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda texnologik kompaniyalari ishtirokida “Tibbiyot va texnologiyalar kongressi” hamda “O‘zbekiston va Polsha III-rektorlar forumi” bo‘lib o‘tmoqda. (https://t.me/eduuz/44658?single)

​Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti delegatsiyasi, jumladan universitet rektori R.To’rayev ishtirok etmoqda.

​Forum doirasida Polshaning nufuzli AGH University of Krakow universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilmoqda.
Xususan:
​🟢 Erasmus+ dasturlari doirasida hamkorlik qilish;
​🟢Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
​🟢Qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish.

​✔️ Ushbu muloqotlar universitetning xalqaro nufuzini oshirish va ta’lim sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarishga xizmat qiladi.