Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Energetika va sanoat muhandisligi fakulteti, Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi qoshida “Ipakchi tadqiqotchi” to‘garagi tashkil etildi.
To‘garak yengil sanoat yo‘nalishidagi bakalavr va magistr talabalarni qamrab olib, ipakchilik sohasida nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, ipak xomashyosi va mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarini o‘rgatishga qaratilgan.
Shuningdek, ishtirokchilarga pilla yetishtirishning texnologik asoslari ham o‘rgatilib, bu orqali kichik loyihalarni yo‘lga qo‘yish va xo‘jalik shartnomalarini bajarishga xizmat qiladi.
🔔 To‘garakka dotsent Sh. Ermatov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarlik qiladi.
