Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektorati, bo‘limlar, O‘quv-uslubiy boshqarma hamda markaz xodimlari uchun “Yoshlarda halollikni shakllantirish”, “Halollik darslarini o‘tish metodikasi” va “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzularida maxsus o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarni “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari A. Xo‘janazarov va Sh. Tursunov olib bordi.
Seminarda, shuningdek, universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etdi.
