Termiz shahrida “National AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 500 dan ortiq ishtirokchi va 50 dan ziyod jamoa suv xo‘jaligi, tibbiy texnologiyalar, ta’lim va tadbirkorlik yo‘nalishlarida bellashdi.

Quvonarlisi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakultetining “LOGISTIK TEAM” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🥇 Jamoa a’zolari: Ismoil Saitboboyev (sardor), Ravshanbek Kenjayev, Diyorbek Hamidov , Durdona Bozorova
🔸 Loyiha rahbari: t.f.f.d., dots. A. Muratov

Mazkur yutuq talabalarimizning bilim va salohiyati, ustozlarimizning fidokorona mehnati samarasidir.