Ushbu uchrashuvlar yoshlarning istiqbolli rejalari bilan tanishish hamda ularga kasbiy yo‘nalish berishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xususan, Angor tumanida hokim Qosim Mardonov universitet bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashib, yoshlarni o‘z bilim va salohiyatini yurt ravnaqi yo‘lida safarbar etishga chaqirdi. Muloqot davomida ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar yuklatildi. (https://t.me/angormatbuot/59755)
Bu kabi tizimli uchrashuvlar nafaqat oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini hal etish, balki mamlakatimizning kadrlar salohiyatini mustahkamlash va umummilliy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan muhim qadamdir.
