​Ayni paytda Termiz shahridagi «Vatanparvarlar» bog‘i harbiy va vatanparvarlik ruhi bilan gavjum. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan kuch tuzilmalarining ko‘rgazmalari va qizg‘in tayyorgarlik jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

​Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi ushbu tantanalarda faol ishtirok etmoqda. Professor-o‘qituvchilar va talabalar harbiy texnikalar namoyishi bilan tanishib, vatanparvarlik muhitidan bahramand bo‘lmoqdalar.

​Birozdan so‘ng kuch tuzilmalarining shahar bo‘ylab tantanali marshi boshlanadi. Bizni kuzatishda davom eting!