📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchilari tashabbusi bilan “National Spring Festival” mavzusida mazmunli va qiziqarli tadbir tashkil etildi.

Tadbirda barcha fakultetlarning 1-bosqich talabalari faol ishtirok etib, o‘zlarining ingliz tilidagi bilim va ko‘nikmalarini sahna ko‘rinishlari, rolli o‘yinlar hamda turli ijodiy chiqishlar orqali namoyish etdilar.

Talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar milliy an’analar va bahor faslining betakror go‘zalligini ingliz tilida ifodalashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.