Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Muhandislik oyligi – 2026”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (https://t.me/eduuz/44141).
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, soha ekspertlari va respublikamizning 30 dan ortiq muhandislik yo‘nalishidagi oliygohlari jamoalari, jumladan, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti vakillari ham onlayn ishtirok etdilar.
Ochilish marosimida muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmasi, “Oligoh kubogi” final bosqichi, dron reysing va robototexnika musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi.
Mazkur tadbirlar aprel oyi davomida respublika bo‘ylab davom etib, robototexnika, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, dron texnologiyalari, yashil energetika va aviatsiya modellashtirish kabi yo‘nalishlarda ko‘rgazmalar, musobaqalar hamda mahorat darslarini qamrab oladi.
Loyihaning yakuniy bosqichi sifatida 28–30-aprel kunlari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda yosh ixtirochilar o‘z innovatsion g‘oyalarini xalqaro miqyosda namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bugun universitetimiz robototexnika to‘garagida yosh muhandislarimiz o‘zlarining yangi loyihalari ustida qizg‘in ish boshladilar. Zero, mamlakatimizning texnologik kelajagi aynan mana shunday bilimli va intiluvchan yoshlar qo‘lidadir!
