​Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakultetida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash maqsadida “Workshop (Karyera kunlari)” tadbiri tashkil etildi.

​Tadbirda Markaziy bank, O‘rmon xo‘jaligi hamda Hayvonlar kasalliklari tashxisi davlat markazi vakillari ishtirok etib, talabalarga bo‘sh ish o‘rinlari va ishga qabul qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

​Mahorat darsi davomida bitiruvchilarga rezyume (CV) tuzish, suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish hamda kasbiy kompetensiyalarni to‘g‘ri namoyon etish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

​Mazkur muloqot yosh mutaxassislarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishlari uchun samarali maydon bo‘ldi.