​Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti delegatsiyasi Rossiyaga amaliy tashrifi doirasida Sankt-Peterburg davlat agrar universitetida bo‘ldi. Tashrif davomida vakillarimiz oliygohning ilmiy yo‘nalishlari, zamonaviy laboratoriyalari va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

​Universitet Xalqaro markazi direktori Sergey Ushakov va kafedra mudirlari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda tuproqshunoslik, agronomiya hamda seleksiya sohalarida ilmiy hamkorlik qilish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini tizimli yo‘lga qo‘yish masalalari belgilab olindi.

​Uchrashuv yakunida qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish va kafedra filiallarini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Ushbu strategik hamkorlik har ikki davlat agrosanoat majmuasi uchun yuqori malakali muhandis va agronomlar tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.