Mexanika va konchilik ishi fakultetida yoshlarni vatanparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash maqsadida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda rus, tojik va turkman milliy madaniy markazlari yoshlari ishtirok etib, do‘stlik va hamjihatlik muhitida muloqot olib bordilar. Uchrashuv davomida mehmonlar universitetning “Arxeologiya” muzeyi va zamonaviy o‘quv xonalari bilan tanishdilar.

So‘zga chiqqanlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, millatlararo do‘stlikni mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidladilar.

Tadbir yoshlarda totuvlik, bag‘rikenglik va birdamlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.