Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazilmoqda.
Mexanika va konchilik ishi fakultetida tashkil etilgan tadbirda profilaktika inspektori mayor Sh.Aliyarov va fakultet t’yutorlari tomonidan talabalariga amaldagi qonunchilik, yoshlar o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar va ularning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.
Shuningdek, “Tig‘” va “Davomat” tadbirlari doirasida darslarda faol ishtirok, intizomni mustahkamlash va universitet hududida tartibni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirning asosiy maqsadi – talabalar huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
