Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Energetika va sanoat muhandisligi” fakultetida sirtqi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish tashkil etildi.
Tadbir “Yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish” hamda “Talaba yoshlarning korrupsiyaga nisbatan immunitetini shakllantirish” mavzulariga bag‘ishlandi. Unda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Majidov , “Komplaens nazorat” bo‘limi boshlig‘i Sh.Karimov va boshqa mas’ullar ishtirok etib, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning jamiyat va ta’lim tizimiga salbiy ta’siri haqida atroflicha fikr bildirdilar.
Yig‘ilish davomida yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, halollik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
