Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari start oldi. Musobaqalar doirasida qadimiy milliy sport turi — kurash bo‘yicha fakultetlararo bellashuvlar tashkil etildi.

Kurash — mardlik, halollik va jasorat timsoli bo‘lgan sport turi. U nafaqat jismoniy chiniqish, balki iroda, sabr-toqat va g‘alabaga bo‘lgan mustahkam ishonchni ham tarbiyalaydi. Shu bilan birga, kurash insonda qat’iyat va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantiradi.

Musobaqalarda ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi, kuch-g‘ayrati va matonatini namoyon etib, murosasiz va halol kurash olib bordilar. Har bir bahs qizg‘in va tomoshabop tarzda kechdi, tomoshabinlar orasida ruhiy ko‘tarinkilik va iliqlik muhitini yaratdi.

Yakuniy bellashuvlar natijasida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan g‘oliblar munosib tarzda taqdirlandi.