Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tyutorlar uchun “Tyutorlarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyasini oshirish tizimini takomillashtirish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida tyutorlarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirish, faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, axborot xavfsizligi mavzusida tushuntirishlar berilib, yoshlar o‘rtasida onlayn intellektual tanlov va o‘yinlarni samarali tashkil etish mexanizmlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, talabalarning ma’lumotlar bazasini to‘g‘ri yuritish tartibi hamda “tyutor.hemis.uz” modulining ishlash jarayonlari batafsil yoritildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kelgusidagi faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirdilar.