Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari navbatdagi Teatr kuni doirasida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Alisher Navoiy” spektaklini tomosha qilishdi. Tomosha talabalarga o‘sha davr adabiy va madaniy muhitini yaqindan his qilish imkonini berdi.

Spektakl davomida talaba-yoshlar Alisher Navoiyning ijodiy olami, uning ma’naviy boyligi va insonparvarlik g‘oyalari bilan tanishdilar. Har bir sahna tomoshabinlarni o‘sha davr ruhiy muhitiga olib kirdi va chuqur taassurot qoldirdi.

Tadbir talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, teatr san’atiga qiziqishini oshirish va madaniy tajribani mustahkamlashga xizmat qildi.