Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Yoshlar akademiyasi tomonidan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi va startap loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarda tytorlar va talabalarga tanlovning maqsad va vazifalari, ishtirok etish tartibi, saralash bosqichlari hamda IQ test natijalarining ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, startap g‘oyalarni shakllantirish, biznes model tuzish, loyihani samarali taqdim etish hamda grantlarda muvaffaqiyat qozonish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Ma’lumot uchun: “Mirzo Ulug‘bek vorislari” — respublika miqyosidagi iqtidorli yoshlar tanlovi bo‘lib, 16–25 yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari ilmiy-innovatsion g‘oya, startap loyihalar yoki ixtirochilik ishlanmalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovning asosiy maqsadi — iqtidorli yoshlarni kashf etish, ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.
Tanlov har yili respublikaning barcha hududlarida uch bosqichda o‘tkaziladi va har bir bosqich g‘oliblari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
