Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda prorektorlar, fakultetlar dekanlari va masalaga taalluqli bo‘limlar boshliqlari ishtirok etdi.
Rektor yig‘ilishda 2026-yil 13-fevral kuni Prezident raisligida Tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi natijalari asosida universitet oldida turgan vazifalarga to‘xtaldi.
Хususan, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, mahalliy mahsulot va xomashyoni tadqiq qilish, sanoat bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish muhim vazifalar sifatida belgilandi.
Shuningdek, universitet hududi va tajriba-sinov uchastkasida gul va ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish, har bir ta’lim yo‘nalishini ishlab chiqarish bilan bog‘lash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish doirasida talaba-yo‘shlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham muhokama qilindi. Bunda ijara xonadonlari nazoratini kuchaytirish, talabalar bilan individual ishlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sport va ma’naviy tadbirlarni rivojlantirish, ota-onalar bilan muntazam muloqot o‘rnatish va tyutor hamda dekan o‘rinbosarlari mas’uliyatini oshirish vazifalari alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida universitetning ilmiy, innovatsion va ijtimoiy faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
