Globallashuv sharoitida dunyoda xavf-xatarlar va ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir paytda jamiyatda barqarorlikni saqlash, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash dolzarb vazifaga aylanmoqda. Bunday murakkab davrda yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, jaholatga qarshi eng samarali qurol – ma’rifatdir.

Shu maqsadda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilarda Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hamda mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.