Haftaning shanba kuni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Rivojlanish va xalqaro tajriba kuni” deb e’lon qilingan bo‘lib, ushbu kunda xalqaro tajriba, akkreditatsiya standartlari va ta’lim sifatiga oid amaliy seminarlar tashkil etib boriladi.

Shu munosabat bilan bugun professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori R.To‘rayev hamda texnika fanlari doktori, professor, akademik A.Hasanov konchilik va metallurgiya sohasida ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirish, shuningdek, innovatsion laboratoriya mashg‘ulotlarini rivojlantirish yo‘llari haqida so‘zladilar.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.O‘rozov milliy reyting mezonlari, baholash ko‘rsatkichlari, ilmiy nashrlar va xalqaro hamkorlikni oshirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Shuningdek, ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i H.Abdurashidov intellektual mulkni himoya qilish, patentlash va tijoratlashtirishning amaliy mexanizmlarini tushuntirdi.